Buxoro yangiliklari

Referendum uchastkalarida telekommunikatsiya xizmatlari holati o‘rganildi

Foto: “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi

Mamlakatimizda shu yilning 30-aprel kuni boʼlib oʼtadigan siyosiy jarayon – Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendumga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. 

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Buxoro viloyati hududiy sho‘basi tomonidan viloyatdagi saylov uchastkalarda telekommunikatsiya infratuzilmasi tashkil qilinganlik holati o‘rganilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi hududiy filiali mutaxassislari kuni kecha Kogon tumanidagi “Taraqqiyot” mahallasida bo‘lishdi.

Ma’lumot uchun, mazkur tashkil qilingan 275-saylov uchastkasida 2 436 nafar saylovchi ovoz berishda ishtirok etishi kutilmoqda.

Ushbu saylov uchastkasi bugungi kunda 2 ta saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi (SJBАT) talablariga javob beruvchi kompyuter o‘rnatilgan bo‘lib, “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Buxoro viloyati hududiy sho‘basi xuloasasiga ko‘ra, uzluksiz va sifatli Internet aloqasi bilan taʼminlangan.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version