Islom

Fitr sadaqasini berish kimlarning zimmasiga vojib?

Foto: LaunchGood

Savol: Fitr sadaqasini berish kimlarning zimmasiga vojib?

Javob: Musulmon erkagu ayol, balog‘atga yetgan-yetmagan, xoh oqil, xoh majnun bo‘lsin, nisob egasi bo‘lsa, zimmalariga fitr sadaqasini berish vojib bo‘ladi. Shuningdek, moli nisobga yetgan musulmon erkak o‘zi va balog‘atga yetmagan, nisob egasi bo‘lmagan farzandlari uchun fitr sadaqasini berishi vojib bo‘ladi. Ayol kishi yoki balog‘atga yetgan bolalar nisob egasi bo‘lishsa, zimmalariga fitr sadaqasi vojibdir, nisob egasi bo‘lmasa, vojib emas.

Fitr sadaqasini berish yashab turgan uyi, qish-yozda kiyadigan kiyimi, kundalik yumushlarida ishlatiladigan uy-ro‘zg‘or buyumla-ri kabi ehtiyojiga kerakli narsalardan tashqari o‘smasada nisobga yetarli mol-mulkka ega bo‘lgan hur kishining zimmasiga vojib bo‘ladi. Uch sidra kiyim egasi boy hisoblanmaydi, chunki ulardan biri – uy kiyimi, ikkinchisi – yumushlar uchun, uchinchisi – juma va bayramlar uchundir. To‘rtinchi kiyim esa boylikdir.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh.
Foydalanilgan adbiyot: “Mo‘minning qalqoni” kitobi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version