Buxoro yangiliklari

Qorakoʻlda elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotganlar ushlandi

Foto: Tabiat resurslari vazirligi

Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot xizmati Buxoroisharif.uz ga ma’lum qildi.

Kecha, 18-aprel kuni Qorako‘l tuman inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat reyd tadbirlari davomida “Jig‘achi” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Yomonjar kanalidan 3 nafar fuqaro qo‘lbola usulda yasalgan elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotganlik holati aniqlandi.

Sodir etilgan huquqbuzarlik holati yuzasidan fuqarolarga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli huquq-tartibot organlariga topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16-apreldan 31-mayga qadar baliqlarning ko‘payish vaqti boshlanganligi sababli, baliq ovlash taqiqlangan.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version