Buxoro yangiliklari

Buxoroda narkotiklar savdosi bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar qo‘lga olindi

Foto: Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi

Kuni kecha o‘tkazildan tezkor tadbirlar davomida bir necha holatda giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning faoliyatiga chek qo‘yildi.

Dastlabki holatda Shofirkon tumanida yashovchi fuqaroning xonadoni oldindan olingan ma’lumotlarga asoslangan holda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada ushbu xonadonning oshxona, yotoqxona va yerto‘la qismlariga berkitib qo‘yilgan umumiy vazni 46,7 gr ga teng bo‘lgan marixuanna giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Shuningdek, Kogon shahrida bo‘lib o‘tgan tezkor tadbir davomida ham og‘irligi 24,85 gr ni tashkil etuvchi marixuannani pullashga uringan fuqaroning noqonuniy hatti-harakatlariga chek qo‘yildi. Unda fuqaro Sh. F. ga tegishli bo‘lgan “Gazel” rusumli transport vositasi ko‘zdan kechirilgan chog‘da, uning bar qismiga rangsiz yelim paketga solingan giyohvandlik vositalari borligi o‘z isbotini topdi. Shuningdek, mazkur fuqaro kiyimi cho‘ntagidagi pullar orasiga ming so‘mlik kupyuraga o‘ralgan holatdagi giyohvandlik vositasi mavjudligi ham aniqlandi.

Ushbu tadbirlar Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi hamda viloyat DXX va IIB xodimlari bilan o‘zaro hamkorlikda o‘tkazilganligi, ahamiyatlidir.

Ayni damda yuqoridagi holatlar yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version