Buxoro yangiliklari

Bugun, 20-aprel kuni Buxoro shahridagi asosiy koʻcha yopiladi

Foto: Buxoroisharif.uz

Bugun, 20-aprel kuni soat 09:00 dan boshlab Buxoro shahrining Islom Karimov koʻchasida mavjud umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllaridagi yoʻl yotiq chiziqlarini chizish, boʻyash va taʼmirlash ishlari olib boriladi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabar qildi.

Shu sababli keng jamoatchilikni tugʻilishi mumkin boʻlgan noqulaylikdan ogoh qilib, ushbu koʻchalarni kesib oʻtuvchi yoʻllarning vaqti vaqti bilan yopilishini maʼlum qilamiz.

Yoʻl harakati ishtirokchilaridan vaziyatga toʻgʻri baho bergan holda tartibga soluvchining ishoralariga qatʼiy amal qilishlarini soʻrab qolamiz.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version