Buxoro yangiliklari

Bugun “is” pishiriladi, ertaga Ramazon hayiti nishonlanadi

Foto: Muslim Portal

O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun tuzilgan Ishchi guruhi xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Astronomiya institutidan olgan ma’lumotlarga ko‘ra, 1444-hijriy yil Shavvol oyining yangi oy fazasi (hiloli) shu yil 20-aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da sodir bo‘lgan (tug‘ilgan).

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi islom dini ta’limotlari va mazkur astronomik ma’lumotlarga asoslangan holda diyorimizda joriy yilda Ramazon hayiti 2023-yilning 21-aprel, juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version