Buxoro yangiliklari
Turkiyaga rafiqasi bilan borgan Shohruhxonni operatsiya qilishdi

Yaqinda o‘zining lirik va raqsbop qo‘shiqlari bilan mashhur bo‘lgan o‘zbek estradasi xonandasi Shohruhxon rafiqasi Asal Shodiyeva bilan Turkiyaga uchib ketgan edi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, sayohatdan ko‘zlangan asosiy maqsad – oila boshlig‘ini operatsiya qilish zaruriyati ekan.
Shohruhxon operatsiyadan keyingi holatini faol ravishda izohlaganiga qaramay, jarrohlik aralashuvi zarurati sabablarini oshkor qilmadi.
Lekin, 1 kun oldin uning davolovchi shifokori xonanda qanday operatsiyani boshdan kechirganini ochiqladi. U xonanda bilan tushgan suratini joylashtirdi. Bu septoplastika ekan.
“Biz bemorimizni kichik operatsiya qildik, ya’ni septoplastika”, – deb yozgan shifokor.
Ma‘lumot uchun, sentoplastika – bu burun septumining egriligini bartaraf etish bo‘yicha jarrohlik operatsiyasidir. Rinoplastikadan farqli o‘laroq, bunday operatsiyaning asosiy maqsadi burun shaklini to‘g‘rilash emas, balki burun nafasini yaxshilashdir.