Jahon
Istanbul osmonida quyosh to‘satdan “yo‘qolib qoldi” – video

Kuni kecha Turkiya Republikasining Istanbul shahrini ulkan qora bulut qopladi va u zulmat ichida qoldi. Bu haqida “Turkiye gazetasi” nashri xabar berdi.
Aytishlaricha, aynan o‘sha vaqtda boshlangan kuchli yomg‘ir yo‘l harakatiga ham kuchli taʼsir ko‘rsatgan. Yomg‘ir va tirbandliklar bilan kurashgan istanbulliklar esa noyob tabiat hodisasiga ham guvoh bo‘lishdi. Istanbul osmonidagi qora bulut quyoshni besh daqiqa to‘sib qo‘ygan.
“– To‘satdan qorong‘i tushgach, aholi orasida vahima boshlandi” , — deb yozadi “Turkiye gazetasi” nashri.
Mazkur anomal hodisasi shuningdek, kuzatuv kamerasi obyektiviga tushib qolgach, internetda shiddat bilan tarqaldi. Unda ulkan – 7 kilometrlik qora bulut osmonni tezlik bilan qoplaganini ko‘rish mumkin.