Buxoro yangiliklari

Shofirkonlik fuqaro xonadoniga Qizil kitobga kiritilgan jonivor kirib qoldi

Foto: Tabiat resurslari vazirligi

Olako‘zan tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi xabar qilmqoda.

Kuni kecha mazkur tashkilotning Shofirkon tuman inspeksiyasiga “Bobur” MFY hududida yashovchi fuqaro Akromova Zarnigorning xonadoniga antiqa hayvon kirib qolganligi to‘g‘risida xabar kelib tushadi.

Fuqaro xonadoniga yetib borgan mas’ul inspektorlar ushbu noyob hayvon Qizil kitobga kiritilgan olako’zan ekanligini aniqlashadi hamda u erkin yashash tarzida hayot kecirishini inobatga olib, u aholi xonadonlaridan yiroq bo‘lgan hududga qo‘yib yuboriladi.

Fursatdan foydalanib, yovvoyi hayvonlar taqdiriga befarq bo‘lmagan Akromiva Zarnigorga minnatdorlik bildiramiz.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version