Texnologiyalar
Yaponiya uchar avtomobilni sinovdan o‘tkazdi – video

Yaponiyaning Kyusyu orolidagi Oita shahrida birinchi marta boshqariladigan uchar avtomobil ochiq havoda sinovdan o‘tkazildi. Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, ushbu sinov hech qanday salbiy hodisasiz o‘tgan va muvaffaqiyatli yakunlangan.
Avtomobil 2 kishilik kabinaga ega kvadrokopterga o‘xshash samolyotni eslatadi. U30 metr balandlikka ko‘tarilib, dengiz ustidagi aylana yo‘lak bo‘ylab avtopilotda 35 km/s tezlikda 3 daqiqada 431 metr masofani bosib o‘tdi.
Yaponiya hukumati o‘z bozorida AQSh, Yevropa Ittifoqi va Xitoy kompaniyalari raqobati kuchayib ketishidan qo‘rqib, uchar avtomobillar texnologiyasini joriy etish bo‘yicha sa’y-harakatlarini tezlashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir muddat avval “Bloomberg” nashri Xitoy startapi XPeng o‘zining $140 000 lik “AeroHT” uchar elektromobilini 2025-yilgacha ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish niyatida ekanligi haqida maqola chop etgan edi.