Buxoro yangiliklari
“Barkamol avlod” tarbiyalanuvchilari uchun Toshkent shahriga sayohat tashkillashtirildi

Kuni kecha Buxoro viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktablarining iqtidorli bolalari uchun Toshkent shahriga sayohat tashkil qilindi.
Sayohat davomida diqqatga sazovor joylardan «Temuriylar tarixi davlat muzeyi» ga tashrif buyurib, Temuriylar sulolasi davridagi 3 000 dan ortiq eksponatlari hamda Amir Temur va uning avlodlarining Yevropa mamlakatlari monarxlari bilan bo‘lgan ko‘plab yozishmalari, buyuk sarkarda tasvirlangan rasmlar, miniatyuralar, mamlakatimizda Temuriylar sulolasi tomonidan qurilgan mashhur inshootlarning maketi joy olgan buyumlar bilan tanishishdi.
Muzeydan chiqib, bolalar “Ice City” qorli park-shaharchasiga tashrif buyurib, undagi hozircha yagona bo‘lgan usti yopiq qor trassasi attraksioni va boshqa ko‘ngilochar joylar bilan yaqindan tanishishdi.
Sayohatda davomida o‘quvchilar maroqli hordiq chiqarib, katta taasurotlarga ega bo‘ldilar.