O‘zbekiston
Baxtiyor Saidov Tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi (-mi?)

Bu haqda Telegramdagi “Davlat boshqaruvi” kanali bugun, soat 16:08 da xabar berdi. Ammo ko‘p o‘tmay ushbu xabar yuqoridagi kanaldan o‘chirildi.
Eslatib o‘tamiz, B. Saidov 2021-yildan 2022-yil soʻngiga qadar u Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri sifatida ham ishlagan. Shundan so‘ng 2022-yil 30-dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vaziri vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlangan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Saidov Baxiyor Odilovich 2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Vazirlar Mahkamasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ishlagan. 2016-yil, yanvar oyida “Oʻzbekengilsanoat” AK boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari, bosh menejeri sifatida faoliyat yuritgan. 2017-yil, 26-iyuldan Oʻzbekistonning Xitoydagi elchisi boʻlib ishlagan. 2018-yil, 4-apreldan u bir vaqtning oʻzida Moʻgʻulistondagi elchi, 2019-yil iyul oyida — qarorgohi Pekinda boʻlgan Filippindagi elchi bo‘lib ham ishlagan.
Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik unvoniga ega.