Buxoro yangiliklari
Buxoro temir yo‘llari tizimida tayinlovlar amalga oshirildi

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisi v. b. X. N. Xasilovning tegishli qarori bilan Mamedov Mustafo Sodiqovich “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ga qarashli 17-son yo‘l mashinalari stansiyasi korxonasi rahbari etib tayinlandi.
M. Mamedov 1984-yilning 11-martda Buxoro shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti-oliy. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – axborot texnologi, yuk va yo‘lovchilarni tashish.
Bunga qadar M. Mamedov mazkur korxonada tayanch ustasi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Shuningdek, X. N. Xasilovning 2023-yilning 20-aprel sanasidagi NOK-373-sonli buyrugʻiga asosan, Ergashev Alijon Yusopovich “Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi.