Jahon
Dunyodagi eng keksa mahbus vafot etdi

Germaniyada natsistlar konslagerining sobiq qo‘riqchisi Yozef Shyuts vafot etdi. E’tiborlisi, u eng keksa yoshda qamoq jazosiga hukm qilingan fuqaro sifatida rekord o‘rnatgan.
Qayd etish kerakki, Y. Shyutsga sud hukmni 102 yoshida o‘qigan. Ammo u qamoqqa olinmagan edi. Chunki ayblanuvchi sud qarori ustidan apellyatsiyaga ariza topshirgan. U umrining oxirigacha lager qo‘riqchisi bo‘lganini inkor qilib kelgan.
Shunga qaramay, o‘tgan yil iyun oyida unga 1942/45-yillarda Zakseyexauzen lagerida ishlagani va 3 500 odam o‘limiga aloqadorligi uchun 5 yil qamoq jazosi berilgan edi.