Buxoro yangiliklari
Buxoro neftni qayta ishlash zavodidan bir guruh faxriylar tantanali tarzda nafaqaga kuzatildi

Bugun, 27-aprel kuni Buxoro neftni qayta ishlash zavodining bosh mexanik o‘rinbosari Do‘stov Qahramon Bozorovich, neft maxsulotlarini saqlash sexi (Paxta filiali) muhandis-iqtisodchisi Quchkarov Artigali Ismagilovich, qurilish-montaj sexi betonchisi Adizov Ahror Jo‘rayevichlar nafaqaga kuzatildi.
Zavod matbuot xizmatining ma‘lum qilishicha, korxonada uzoq va samarali mehnat qilgan, fidoiylik va jonkuyarlik ko‘rsatib, jamoada hurmat qozongan Qahramon Do‘stov, Artigali Quchkarov va Ahror Adizovlarni nafaqaga kuzatish marosimi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
BNQIZ ma’muriyati endilikda nafaqa gashtini suradigan faxriylarga samarali mehnatlari uchun tashakkur bildirib, tan sihatligi, oilaviy tinch-totuvlik, xotirjamlik, farovon hayot tilab qoladi.