Mazali

Mineral suv, qatiq va qaynatilgan tovuq go‘shtidan tayyorlanadigan okroshka retsepti

Foto: 1000Menu

Yozning issiq kunlarida salqin ichimlik inson tanasiga energiya beradi. Shunday ichimliklardan biri okroshka hisoblanadi. Uning tarkibidagi mahsulotlar inson organizmi uchun ham foydali bo‘lishi kerak. Shuning uchun okroshkaga qo‘shilgan kolbasa mahsulotlarining o‘rnini tovuq filesi bilan almashtiring. Bu okroshkaning yanada mazali bo‘lib chiqishini ta’minlaydi. “Daryo” nashri uni tayyorlash retseptini taqdim etdi.

Kerakli masalliqlar:
1. Tovuq filesi — 350 gr
2. Kartoshka — 3 dona;
3. Tuxum — 4 dona;
4 Rediska — 7 dona;
5. Rodring — 3 dona;
6. Shivit va ko‘k piyoz — 1 bog‘;
7. Tuz — ta’bga ko‘ra;
8. Murch — ta’bga ko‘ra;
9. Qatiq — 1 litr;
10. Gazlangan suv — 300 ml.

Tayyorlanishi:
1. Kartoshka va tuxumni 20-25 daqiqaga boshqa-boshqa idishlarda qaynatib oling. Tuxumni esa 10 daqiqa qaynating va barcha mahsulotlarni salqinroq joyga qo‘ying.
2. Tovuq, kartoshka, tuxum, rediska va bodringni yaxshilab maydalang.
3. Hammasini idishga soling va tuz, murch, mineral suv, qatiq bilan aralashtiring.

Eslatma: Shivit, ko‘k piyozni alohida tuz bilan aralashtirsangiz, bu okroshkaning yanada mazali bo‘lishini ta’minlaydi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version