Maşhurlar
Durdona Qurbonova turmushga chiqayapti (—mi?)

Kecha taniqli o‘zbek modeli va aktrisasi Durdona Qurbonova turmushga chiqayotganini e’lon qilib, obunachilarni hayratda qoldirdi. U bu haqda o‘zining Instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.
Qiz tabiat fonida tushgan fotoni joylashtirdi va unda barmog‘idagi uzukka ishora qilib, “Men “ha” dedim”, – deb izoh qoldirdi. Aktrisaning aksariyat obunachilari bu yangilikni iliq qabul qilib, xursand bo‘lishdi va uni tabriklashdi.
Qayd etish kerakki, bu yangilik haqiqatan ham hamma uchun kutilmagan bo‘ldi, chunki avval Durdona munosabatlari haqida hech narsa demagan va sevgilisini ham ko‘rsatmagan edi.
Aktrisaning ba’zi muxlislari esa uni o‘z sahifasida o‘tkazayotgan tanlovi oldidan hayp qilayotganini va shuning uchun shaxsiy hayoti haqida gapirmasdan tomoshabinlarni qasddan qiziqtirayotgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishdi.