Jahon
2023-yilda qancha odam ochlik tahdidi ostida qolishini ma’lum qilindi

Bu yil 27 000 000 odam ochlik tahdidi ostida qolishi mumkin. Birinchi navbatda, Afrikada oziq-ovqat muammosi yuzaga keladi. Bu yerda ocharchilik va inqiroz zonasi mavjud. Bu haqda BMT ning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti rasmiysi Oleg Kobyakov ma’lum qildi.
— Shuni qay etish kerak–ki, olingan tahliliy ma’lumotlarga asoslanib, 2023-yilda 970 000 ga yaqin odam tom ma’noda ochlik yoqasida bo‘ladi», — dedi Oleg Kobyakov.
Jumladan, Efiopiya, Somali va Kongo Demokratik Respublikasi aholisi oziq-ovqat tanqisligini boshdan kechiradi, Yaman va Afg‘onistonda esa ahvol tobora yomonlanib boradi.
BMT vakili O. Kobyakovning qo‘shimcha qilishicha, hozirda butun dunyoda oziq-ovqat inqirozi kuzatilmoqda.