Buxoro yangiliklari

Buxoroda referendum. Hududiy hokimlar qayerda ovoz berdi?

Foto: 3-Buxoro okrug komissiyasi

Buxoro viloyatida tashkil etilgan 610 ta referendum uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 08:00 dan ish faoliyatini boshladi.

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Buxoro shahridagi 49-referendum uchastkasida “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan talablar asosida ovoz berdi.

Barcha referendum uchastkalarida bo‘lgani kabi 49-referendum uchastkasida ham referendumga tayyorgarlik ishlari qat’iy va belgilangan reja asosida olib borildi.

Buxoro shahri hokimi Jamol Nosirov ham shahardagi 21-referendum uchastkasiga borib, birinchilar qatorida ovoz berdi.

Buxoro tumani hokimi Xayrillo Jo‘rayev tumandagi 135-referendum uchastkasida referendumga ovoz berdi.

G‘ijduvon tumani hokimi Sherzod Ashurov ham tumanidagi 548-referendum uchastkasida ovoz berdi.

Vobkent tumani hokimi Farhod Umarov ham tumandagi 164-referendum uchastkasida ovoz berdi.

Peshko‘ tumani hokimi Vahob Qahhorov ham tumandagi 316-referendum uchastkasida ovoz berdi.

Jondor tumani hokimi San’atillo Hikmatov ham tumandagi 222-referendum uchastkasida ovoz berdi.

Qorovubozor tumani hokimi Akmal Ostonov ham tumandagi 517-referendum uchastkasida ovoz berdi.

Shofirkon tumani hokimi Alisher Fayzilloyev ham tumandagi 397-referendum uchastkasida ovoz berdi.

Olot tumani hokimi Nargiza Ne’matova ham tumandagi 282-referendum uchastkasida ovoz berdi.

Qorako‘l tumani hokimi Xurshid Toxirov tumanidagi 475-referendum uchastkasida ovoz berdi.

Romitan tumani hokimi Umedjon Barnoyev ham tumandagi 350-referendum uchastkasida ovoz berdi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version