Buxoro yangiliklari
Ichki ishlar vazirligining Buxoro akademik litseyi yotoqxonasida o‘g‘irlik qilishdi

2023-yil 24-martdan 25-martga o‘tar kechasi taxminan soat 03:00 larda nomaʼlum shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Buxoro akademik litseyining talabalar yotoqxonasi binosiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, oʻgʻirlik qilgan.
Jumladan, ushbu yotoqxona binosining 46-xonasida istiqomat qiluvchi o‘quvchiga tegishli bo‘lgan bahosi 1 200 000 so‘mlik “Huawei 6P” rusumli telefon apparati va mazkur telefon apparatining g‘ilofi ichida bo‘lgan ID-kartani yashirin ravishda olib, voqea joyidan qochib ketgan.
Oʻquvchi arizasiga koʻra, mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB ning shahar boʻlimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi, 2-qismi bilan ish qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davomida jinoyatni sodir etgan shaxslar 2 nafar ekanligi oydinlashadi. Xususan, ular Jondor tumani, “Qalmoq” mahallasida yashovchi 18 yoshli B. A. jinoiy sherigi 21 yoshli X. F. lar boʻlib, oldindan til biriktirib, guruh sifatida sodir qilganligi aniqlanadi.
Ayni kunlarda ushbu jinoiy guruhning boshqa shu kabi turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.