Buxoro yangiliklari

Kogonlik ayol tanishining $10 600 lik tilla taqinchoqlarini olib, uni “uxlatib” ketdi

Foto: Buxoroisharif.uz

Kogon shahri, “Navzirabod” mahallasida yashovchi 46 yoshli X. N. 2022-yilning sentabr oyidan 2023-yilning yanvar oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida tanishining yashash xonadoniga kelib, bo‘lib-bo‘lib, qiymati $10 600 ga teng tilla taqinchoqlarini bir necha kun ichida pulini to‘lab berish sharti bilan qo‘lga kiritgan.

Aniqlanishicha, firibgar X. N. muqaddam bir necha marotaba sudlanib, belgilangan jazodan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan bo‘lib, yana qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tgan, aldash va o‘ziga bildirilgan ishonchni suisteʼmol qilish yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini talon-taroj qilishni maqsad qilgan.

Buxoro viloyati IIB ning ma’lum qilishicha, ushbu retsediv ayol qimmatbaho buyumlarni sotib yuborib, pullari egasiga bermasdan o‘z ehtiyojlari uchun sarflab, jabrlanuvchiga 118 989 876 so‘m miqdoridagi moddiy zarar yetkazib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan ish qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version