Hodisalar

Taksi mashinasiga g‘isht bo‘lagi bilan urib, zarar yetkazgan farg‘onalik zo‘ravonga qarshi ish ochildi — IIB (video)

Foto: Buxoroisharif.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda 2 fuqaro avtomobil yo‘lining o‘rtasida o‘zaro mushtlashgani aks etgan video tarqaldi. Aniqlanishicha, mazkur voqea Farg‘ona shahrida yuz bergan. Bu haqda Farg‘ona viloyat iIIB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1-avgust kuni Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro Sh. S. “Yandeks GO” mobil dasturi orqali taksi buyurtma qilgan hamda buyurtmani mazkur firma haydovchisi Farg‘ona shahrida yashovchi 2002-yilda tug‘ilgan I. R. qabul qilib, birozdan so‘ng o‘z boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasida Sh. S. turgan S. Temur ko‘chasiga yetib kelgan.

Biroq, fuqaro Sh. S. haydovchi I. R.ning telefon apparati o‘chib qolganligidan va uning qo‘ng‘irog‘iga javob bermaganidan jahli chiqib, u bilan o‘zaro janjallashib, I. R. ning avtomashinasi oynalarini tosh bilan urib, sindirib yuborgan.

Hozirda holatning barcha ishtirokchilari shaxsiga oydinlik kiritilib, Farg‘ona shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, mulkka yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha, tegishli tartibda ekspertiza tayinlangan.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version