O‘zbekiston

Futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX raisi kubogi musobaqalari

Foto: Buxoroisharif.uz

Butun respublika bo‘ylab minglab o‘g‘il qizlarni birlashtirgan, “Sog‘lom yoshlar – Yangi O‘zbekiston kelajagi” shiori ostida o‘tkazilayotgan bellashuv hal qiluvchi pallaga keldi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosqichlarida g‘olib bo‘lgan xavaskor jamoalar endi poytaxtda jam bo‘lishadi.
Bu galgi voqelikning eng muhim yangiligiga e’tibor qarating. Endi DXX kubogi uchun qizlar o‘rtasida ham mini-futbol bellashuvlari o‘tkazilmoqda.

Musobaqaning Respublika bosqichi 21 – 25-avgust kunlari “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida har kuni soat 08:00 dan start oladi. Final 26-avgust kuni soat 18:00 da “Jar” stadionida boshlanadi.

Bu – yangi iqtidorlar tanlovi, salohiyat va hamjihatlik namoyishi. Mahalla yulduzlarining katta sport sari dadil odimi! Ularning professionallarga xos shijoat, texnika va mahoratiga siz ham guvoh bo‘ling!

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version