Buxoro yangiliklari

Buxoroda 4-sinf o‘quvchisi TOPIK 1 sertifikatini qo‘lga kiritdi

Foto: Buxoroisharif.uz

Buxorolik 4-sinf o‘quvchisi koreys tilini bilish darajasini baholovchi xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi

Sevara Tursunova Buxoro shahridagi 19-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 4-sinfida tahsil oladi.

Barcha fanlarni a’lo baholarda o‘zlashtirish bilan bir qatorda darsdan so‘ng ingliz va koreys tillarini chuqur o‘zlashtirishga kirishgan bu tirishqoq qizaloq 10 yoshida koreys tilini bilish darajasini belgilovchi TOPIK 1 sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Ayni paytda u ingliz tilini bilish darajasini baholovchi IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko‘ryapti.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version