Buxoro yangiliklari

Buxoro davlat universiteti hududida qurilish tashkiloti ishchisi o‘zini otib qo‘ydi

Foto: Buxoroisharif.uz

Joriy yilning 10-yanvar kuni soat 16:20 lar atrofida Buxoro Davlat universiteti Talabalar turar joyi qozonxonasida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan ishchi o‘zini otib qo‘ydi va voqea joyida vafot etdi. Bu haqda “Xabar.uz” nashri yozmoqda.

Nashr manbasining ma’lum qilishicha, marhum X. M. mahalliy qurilish tashkilotlarining birida ishchi bo‘lib ishlagan.

32 yoshli ishchi BDU yotoqxonasiga yaqin joyda turgan o‘z avtomashinasiga o‘tirgan va yonida bo‘lgan pnevmatik qurol bilan tanasining chap ko‘krak qismiga o‘q otgan. Shundan so‘ng u o‘z kuchi bilan mashinadan tushib, yotoqxona 1-qavatida joylashgan tibbiyot punktiga borgan. Zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, X. M. ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida vafot etgan.

Dastlabki xulosalarga ko‘ra, yuz bergan voqeaga ehtiyotsizlik sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning qo‘shimcha qilishicha, hozirda marhumning o‘limi bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan bo‘lib, Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, vafot etgan fuqaroning pnevmatik qurolni saqlash va foydalanish uchun ruxsati borligi ham tekshirilmoqda.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version