Buxoro yangiliklari
Shofirkonlik ayol o‘z bolasini 6 yoshigacha beshikka bog‘lab, tayoq bilan urib, qiynab kelgan (video)

Bir necha kun oldin buxorolik L. Z. Bolalar ombudsmaniga Shofirkon tumanida yashovchi S. N. ismli ayol o‘z farzandini 2 yildan beri kaltaklab, qiynab kelayotganligi haqida xabar bergan va bu holatga oid videoni yuborgan.
Aniqlanishicha, Shofirkon tumani ichki ishlar organlari olib borgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, S. N. farzandi 2018-yilda tug‘ilgan S. F. ni 2022-yilning mart oylaridan 2023-yil noyabr oyigacha beshikka bog‘lagan holatda tayoq va boshqa jismlar bilan muttasil ravishda uzoq vaqt davomida kaltaklab, qiynab kelgan.
Mazkur holat yuzasidan S. N. ga nisbatan JK ning 110-moddasi 2-qismi, “a, v” bandlari (voyaga yetmagan, ojiz ahvoldaligi ayon bo‘lgan shaxsni qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda Shofirkon tumani IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.