Buxoro yangiliklari
G‘ijduvonlik “uddaburon” tanishining xonadonidan tamaki kontrabandasi uchun foydalanmoqchi bo‘ldi

Yashirin iqtisodiyot va uning davlat byudjetiga salbiy taʼsirning oldini olish borasida keskin kurash olib borayotgan bojxona organlari tomonidan yana bir holatda iqtisodiy siyosat choralarini chetlab oʻtishga uringan shaxsning xatti-harakatlariga chek qoʻyildi.
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi tezkor vakillari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan A. F. ismli fuqaro Gʻijduvon tumanida yashovchi tanishining xonadonida noqonuniy tamaki mahsulotlarini saqlash maqsadida foydalanishga uringan chogʻida toʻxtatib qolindi.
Xususan, tezkor tadbir jarayonidan chet elda ishlab chiqarilgan, tegishli aksiz markalari bilan markalanmagan va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtmagan 10 400 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi va huquqbuzarlik ashyosi sifatida vaqtincha saqlovga olindi.
Hozirda esa bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.