Buxoro yangiliklari

Buxoro aeroporti orqali iyun oyida jami $17 600 ni noqonuniy tarzda olib chiqib ketishmoqchi bo‘lishgan

Foto: Buxoroisharif.uz

Soʻnggi kunlarda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Buxoro” aeroporti chegara bojxona posti orqali valyuta qimmatliklarini noqonuniy tartibda olib chiqishga boʻlgan urinishlar tez-tez koʻzga tashlanmoqda. Bu haqda boshqarma Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Xususan, mazkur turdagi qonunbuzarlik holati kuni kecha “Buxoro-Istambul” va “Buxoro-Sheremetyevo” aviareyslari orqali xorijiy davlatga chiqib ketish arafasida boʻlgan yoʻlovchilar tomonidan sodir etildi.

Unda fuqarolar tegishli bojxona nazoratidan oʻtkazilgan vaqtda belgilangan meʼyordan ortiqcha boʻlgan valyutalarni yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etmagan holda respublikamiz chegarasidan olib chiqishni maqsad qilishgan.

Bojxona chegarasidan harakatlanish tartib-qoidalaridan xabardor boʻlmaslik yoki ularni chetlab oʻtishga boʻlgan harakat natijasida iyun oyi davomida belgilangan meʼyordan ortiq boʻlgan valyuta mablagʻlarini olib chiqishga boʻlgan 4 ta urinishda jami 17 600 AQSh dollarini noqonuniy tarzda olib chiqilishining olindi.

Eslatib oʻtamiz, jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 000 000 (yuz million) soʻmgacha boʻlgan naqd valyuta mablagʻlarini ixtiyoriy tarzda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatib, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishga ruxsat etiladi. Mazkur meʼyordan ortiqcha boʻlgan pul mablagʻlarini olib chiqish uchun esa, tegishli ruxsatnomalarni olish talab etiladi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version