Buxoro yangiliklari
Buxorolik tennischilar respublika chempionatida 3 ta oltin va 1 ta bronza medallarni qo‘lga kiritishdi

Joriy yilning 15-iyundan 21-iyunga qadar Namangan viloyatida stol tennisi bo‘yicha o‘smirlar (o‘g‘il bolalar va qizlar) o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada respublikamizning turli mintaqalaridan tashrif buyurgan sportchi yoshlar o‘zaro kuch sinashdilar.
E’tiborlisi, unda Buxoro OPSTT markazi o‘quvchilari ham muvafaqqiyatli ishtirok etib, 3 ta oltin va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Xususan, ushbu chempionatning o‘smir yigitlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Xurshid Ahmedov va o‘smir qizlar o‘rtasidagi kurashlarda Samira Qodirovalar shaxsiy birinchilikni, juftlik o‘yinarda esa Intizor Zokirova hamda Sharifa Toirovalar mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.