Buxoro yangiliklari

Sobiq Buxoro shahri hokimi Jamol Nosirov ekologiya boshqarmasiga rahbar etib tayinlandi

Foto: Buxoroisharif.uz

Jamol Nosirov Buxoro viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

Maʼlumot uchun, J. Nosirov 1985-yil 12-iyunda Buxoro shahrida tavallud topgan. 2005-yili Buxoro davlat universitetining jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, psixolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Faoliyati davomida “Kamolot” YIH Buxoro viloyat Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar Buxoro shahri hokimi sifatida ish olib borgan J. Nosirov sogʻligidagi muammolar sabab, 2024-yilning 1-may kuni ushbu lavozimdan ozod etilgan edi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version