Buxoro yangiliklari

Rossiya imperatori Pyotr I davrida ishlangan qimmatbaho tangalarni Buxorodan yashirincha olib ketishmoqchi bo‘lishdi

Foto: Buxoroisharif.uz

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti hamda Aviatsiya xavfsizlik xizmati xodimlarining oʻzaro hamkorligida qadimiy tangalarning yurtimiz hududidan olib chiqilishiga chek qoʻyildi. Bu haqda tashkilot Matbuot xizmati rahbari Durdona Qayumova xabar berdi.

Unda “Buxoro-Vnukovo” yoʻnalishidagi aviareys orqali xorijiy davlatga uchib ketayotgan fuqaro oʻzi bilan Respublikamiz hududidan olib chiqib ketish taʼqiqlangan madaniy meros ashyolarini olib chiqishga uringan vaqtda bojxona xodimlari tomonidan toʻxtatib qolindi.

Bartaraf etilgan holatda jami 8 dona qadimiy tangalar borligi aniqlandi. Hozirda ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingan tangalarning qadimiylik darajasini aniqlash maqsadida Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan badiiy ekspertizadan oʻtkazilmoqda.

Dastlabki xulosalarga koʻra ushbu numizmatika ashyolari Rossiya imperiyasini 1682-1725-yillarda boshqargan Pyotr I hukmronligi davrida zarb etilganligi yuzasidan maʼlumotlar mavjud.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasining “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan zarb etilganligiga 50 yildan oshgan numizmatika buyumlarini yurtimiz hududidan olib chiqib ketish taʼqiqlanadi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version