Buxoro yangiliklari

Malayziyaning RTM telekanali ijodkorlari Buxoro haqida hujjatli film suratga oldi

Foto: Buxoroisharif.uz

O‘zbekistonning turizm salohiyatini xorijda keng targ‘ib qilish va Malayziyadan sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirish maqsadida, Malayziya RTM teleijodkorlari Buxoroning ziyorat turizmi salohiyati haqida hujjatli film suratga oldi.

Bunda Bahouddin Naqshband, Ismoil Somoniy, Ark qal’asi, Ustoz-shogird miniatyura markazlari va muqaddas qadamjolar kabi lokatsiyalar o‘rin olgan.

“— Mazkur hujjatli film 10 qismdan iborat bo‘lib, shundan 2 ta qismini Buxoroga ajratdik. Chunki biz Buxoroning “Qubattul islom” ekanligidan xabardormiz va o‘ylaymanki ramazon oyida efirga ketadigan bu film malayziyalik teletomoshabinlarga manzur keladi. Aytishim joizki Buxoro uchun 1 ta qism kamlik qiladi”, – dedi RTM telekanali prodyusseri Ahmad Fayzal bin Muhammad.

Loyiha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version