Buxoro yangiliklari
Prezident Shavkat Mirziyoyev bir guruh buxoroliklarni taqdirladi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi.
Ular orasida buxoroliklar ham bor.
Jumladan,
🏅«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator» faxriy unvoni bilan:
Ostanov Razzoq Mapizayevich – «Amu-Buxoro» mashina kanalidan foydalanish boshqapmasi boshlig‘i,
🏅«Do‘stlik» ordeni bilan:
Akramov Alijon Rashitovich – G‘ijduvon tumani «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi muhandis-gidrotexnigi
Mo‘minov G‘aybullo Rizoyevich – Jondor tumanidagi «Mo‘minov G‘aybullo» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari
🏅«Jasorat» medali bilan:
Hamroyev Otabek Xalilovich – Jondor tumanidagi «Ushot» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi,
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi» faxriy unvoni bilan:
Xudayberdiyev Abror Jabborovich – «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh texnologi,
🏅«Shuhrat» medali bilan (100 yoshdan oshganlar):
Abdulloyeva Bibixol – Romitan tumani
🏅«Shuhrat» medali bilan:
Amanbayeva Nargiza Maxmutaliyevna – Qorovulbozor tumanidagi «Buxoro agroklaster chorva» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh zootexnigi
Toshov Mustaqim Muzaffarovich – Peshku tumanidagi «Peshku Mixed Agriculture» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari.
Davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib ko‘rilgan viloyatdoshlarimizni viloyat hokimligi va jamoatchiligi nomidan samimiy qutlaymiz!