Buxoro yangiliklari

“Qavola Mahmud” mahallasida kambag‘al oila bo‘lmaydi — Anvarjon Ochilov, Buxoro tumani hokimi

Foto: Buxoroisharif.uz

Tuman hokimligi tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hududda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolar tashvish-murojaatlarini tizimli o‘rganish va hal qilish, mahalla yettiligi faoliyati, ijtimoiy muhofazaga olingan oilalar va ulardagi yoshlar bilan ishlash, ularga daromad manbaini yaratib berishda manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tuman hokimi boshchiligidagi ishchi guruhi kuni kecha «Qavola Mahmud», «Mug‘alon» mahallalarida aholi turmush sharoiti, kambag‘allikni qisqartirish, ishsizlikni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga doir olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Ayni kunda “Qavola Mahmud” mahallasidagi jami 1 195 ta xonadonda 6 500 dan oshiq aholi umrguzaronlik qilmoqda. Bugunga qadar xatlovdan o‘tkazilgan barcha xonadondagi ijtimoiy ahvolga tegishlicha baho berilib, ehtiyojmand fuqarolar talab va istaklari inobatga olingani holda zurar chora-tadbir ko‘rilmoqda. Dastlabki xatlov natijalariga ko‘ra 90 nafar mehnatga layoqatli ishsiz fuqaro aniqlanib, ular barchasini ish bilan ta’minlash chorasi izlanmoqda. Shuningdek, 20 ta ehtiyojmand xonadon talablari qondirilib, ularni tayinli ish va daromad bilan ta’minlashga harakat qilinmoqda.

Shu nuqtai nazardan, keyingi oylarda hududda aholi bandligini ta’minlash, ularga doimiy daromad manbai yaratish maqsadida 94 nafar fuqaro uzoq muddatga tomorqa yerini rasmiylashtirib olib, hozirda bu yerda oilaviy dehqonchiligini boshlagan bo‘lsa, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi orqali 37 nafar fuqaroga qiymati 811 million so‘mga teng bo‘lgan kredit sarmoyasi ajratib berilib, ularga doimiy daromad manbai hozirlangan. Bundan tashqari, oilaviy ahvoli og‘ir bo‘lgan 20 ta xonadon bekasi va sohibiga subsidiya asosida zarur mehnat qurollari va asbob-uskunalar olib berilgan.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version