Buxoro yangiliklari
Xitoylik taniqli blogerlar Buxoroda mehmon bo‘lishdi

Turizm qo‘mitasi tomonidan Trip.com sayyohlik kompaniyasi bilan hamkorlikda xitoylik mashhur blogerlar delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi amalga oshirilib, ular Samarqand, Buxoro va Toshket shahri hududlarida tasvirga olish ishlarini olib bordi.
Xitoylik blogerlar Zhang Xueni va Lian Xianghui ning Red, Weibo, Ctrip Community platformalarida umumiy auditoriyasi 15 million kuzatuvchini tashkil etadi.
Mashhur blogerlar Buxorodagi Minorai Kalon, Savdo toqlari, Mohi Xossa, Labi Hovuz, Nodir Devonbegi kabi tarixiy obidalar bo‘ylab qiziqarli videokontentlarni suratga olib, ijtimoiy tarmoqlaridagi kuzatuvchilariga Buxoroning turistik salohiyatini targ‘ib qilmoqdalar.
Aytish joizki, bu o‘z o‘rnida xitoylik sayyohlarning Buxoroga yanada ko‘proq kelishiga xizmat qiladi.