Buxoro yangiliklari

Buxorolik qiz Toshkentda kikboksing bo‘yicha Jahon kubogi bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Foto: Buxoroisharif.uz

Joriy yil 25-sentabr 29-sentabr kunlari Toshkent shahridagi Universal sport saroyida Kikboksing bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida birinchi Jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.

Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba tashkil etilgan ushbu jahon kubogi sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 53 ta davlat sportchilari o‘rtasida 172 ta oltin, 210 ta kumush, 336 ta bronza, jami 718 ta medal jamg‘arib, birinchi o‘rinni egalladi. Umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rin 40 oltin, 26 kumush, 50 bronza, jami 118 ta medalni qo‘lga kiritgan qozog‘istonlik kikboksingchilarga nasib etgan bo‘lsa, Tojikiston termasi 28 ta oltin, 16 ta kumush va 21 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan holda kuchli uchlikdan joy oldi.

Quvonarlisi, mamlakatimiz terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan Buxoro davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Ergashoy Boboqulova oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Fursatdan foydalanib, buxorolik sport ustasi, uning ustoz-murabbiylarini, ota-onasini ulkan g‘alaba bilan qutlab, yanada yuqori marralarni zabt etishini tilaymiz!

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version