Buxoro yangiliklari
Qorako‘lda maktab o‘quvchilarini mashinada urib ketgan haydovchi hibsga olindi (video)

Kecha, 2-oktabr kuni soat 05:54 larda Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumani, “Eski-qalʼa” MFY hududidan oʻtuvchi 4R-76-sonli avtomobil yoʻlning 1-km da O. M. boshqaruvida boʻlgan “Lasetti” rusumli avtomobil tuman markazidan Avtoboshbekat tomon harakatlanib borayotgan vaqtida 15-sonli IDUM toʻgʻrisida joylashgan tartibga solingan piyodalar oʻtish joyidan oʻziga nisbatan oʻngdan chapga oʻtayotgan 2 nafar piyodalarni urib yuborib, yoʻl-transport hodisasi sodir qilgan.
Hodisa natijasida 1 nafar piyoda olgan tan jarohatlari yuzasidan Qorakoʻl tuman kasalxonasida vafot etgan. Ikkinchi piyoda hozirgi kunda kasalxonada davolanmoqda.
Buxoro viloyati IIB ning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan o‘sha kunning o‘zida Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 266-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan hamda haydovchi protsessual tartibida ushlangan.