Buxoro yangiliklari

Rasman: Qorako‘l tumanida 2 nafar “elektrik” ish vaqtida vafot etdi

Foto: Buxoroisharif.uz

Buxoroisharif.uz nashriga kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 2-oktabr kuni soat 15:00 lar atrofida “Buxoro elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ning 2 nafar xodimi “Qorako‘l” podstansiyasida ish jarayonida halok bo‘lgan.

Aniqlik kiritilishicha, ular maxsus texnikasiz avtokranda yuqori kuchlanishli simyog‘ochga ko‘tarilishgan. Ammo to‘satdan kranning arqoni uzilib ketgan. Natijada tepada bo‘lgan xodimlar taxminan 30 metr balandlikdan qulab tushishgan.

Elektr tarmoqlari korxonasi mas’ullari baxtsiz hodisa oqibatida ish vaqtida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga kompensatsiya pullari to‘liq to‘lab berilishi haqida bayonot berishdi.

Ayni damda mudhish hodisa sabablari o‘rganilmoqda, tergov-surishtiruv jarayonlari olib borilmoqda.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version