Buxoro yangiliklari
Jondor tumanida qalbaki aroq ishlab chiqaruvchi oilaviy korxona aniqlandi

Jondor tumanida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Jondor tumanidagi “D. D.” oilaviy korxonasiga qarashli savdo do‘konida 9 turdagi jami 833 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotish maqsadida tayyorlab qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.