Buxoro yangiliklari
Romitanlik erkak 1 tup daraxt kesgani uchun qariyb 17 mln so‘m to‘lashi rostmi?

Shu kunlarda eologik qonun buzilishlarini oldini olish maqsadida inspektorlar tomonidan viloyat hududi bo‘ylab tungi va kunduzgi kuchaytirilgan tarzdagi nazorat reyd tadbirlari olib borilmoqda. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar bermoqda.
Ammo shunga qaramasdan Romitan tumanidagi “Afrosiyob” MFY da fuqaro J. T. o‘zi istiqomat qiladigan mahalla hududidan diametri 12 sm bo‘lgan 1 tup manzarali qayrag’och daraxtini oʻzboshimchalik bilan kesib tashlaganligi tuman inspektorlari tomonidan reyd tadbiri davomida aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK ning 79-moddasiz 1-qismi bilan 9 375 000 so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar 7 500 000 so‘m hisoblandi.