Buxoro yangiliklari
Buxoro viloyat aralash jang san’ati federatsiyasi rahbari Muzaffar Radjabov “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, O‘zbekiston yakkakurash olamining yorqin vakillaridan biri, 93 kg vazn toifasida WTKF chempioni, ko‘plab yakkakurash turlarida ko‘p karra O‘zbekiston, Osiyo va jahon chempioni, xalqaro turnirlarning bir necha karra g‘olibi, Buxorodagi “Amir Temur” klubi hamda ATF Championship promousheni asoschisi, O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston kikboksing assosiatsiyasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston qo‘l jangi federatsiyasi Buxoro viloyat bo‘limi raisi Radjabov Muzaffar Murodovich “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Viloyat hokimi Botir Zaripov mukofotni topshirar ekan, M. Radjabovning viloyatda jismoniy tarbiya va sportni yangi bosqichga olib chiqishdagi xizmatlarini alohida e’tirof etib, iste’dodli sportchilarni tarbiyalash va aholi orasida sportni ommalashtirish borasida qilinadigan ishlarda unga omadlar tiladi.