Buxoro yangiliklari

Buxoroda gaz tizimidagi avariya zaxira omborlari shay holatga keltirildi

Foto: Buxoroisharif.uz

Mavsumni betalofot o’tkazish, yuzaga keladigan avariyaviy holatlarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali tomonidan avariya zaxira omborlari shay holatga keltirildi.

Gaz ta’minoti filialining barcha tuman, shahar gaz ta’minoti bo’limlarida tashkil etilgan zaxira omborlari zarur bo’ladigan jihozlar bilan ta’minlangan. Shuningdek, ularda zaxira gaz ballonlari saqlanmoqda.

Ta’kidlash lozim, 13 ta brigadalar maxsus avtotransport va himoya vositalari bilan ta’minlandi, 45 ta gaz payvandlash apparatlari shay holatga keltirilgan. Avariya-tiklash xizmatlari uchun 6 km turli diametrdagi gaz quvurlari, 485 dona butlovchi qismlar, 33 ta manometrlar hamda 0.6 tonna karbid, 0.2 tonna moylash materiallari zahiralari yaratildi. Shuningdek, gaz to‘ldirish inshootlarida 200 000 tonna gaz va gaz ta’minoti omborlarida 3 000 ming dona maishiy gaz ballon zahirasi yaratilgan.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version