Buxoro yangiliklari
“Buxoro” futbol klubi Proliga uchrashuvini o‘z uyidagi yangi stadionda o‘tkazadi

Buxoro shahridagi “To‘qimachi” o‘yingohi Proliga uchrashuvlariga tayyor holga keltirilganligidan xabaringiz bor.
Shuni inobatga olib, Proliga 27-turidan o‘rin olgan “Buxoro” — “Aral” uchrashuvi joriy yilning 22-noyabr kuni mazkur o’yingohda o‘tkaziladi.
Ushbu bellashuv “Buxoro” klubining joriy mavsumdagi so‘nggi uy uchrashuvi hisoblanadi. O‘yin 14:45 da boshlanadi.
Shu kuni soat 13:00 dan boshlab o‘yingohni foydalanishga topshirish marosimi munosabati bilan katta konsert uyushtirilmoqda.
Konsert dasturi va futbol uchrashuvidan bahramand bo‘lish uchun o‘yingohga kirish — bepul.
O‘yingoh lokatsiyasi ushbu havolada.
Ma’lumot uchun, 5-noyabr kuni “Buxoro” safarda “Mash’al” jamoasini mag‘lub etib, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi