Buxoro yangiliklari

“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Foto: Buxoroisharif.uz

Kuni kecha “Yoshlar forumi – 2024” doirasida mahallalardagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov Toshkent shahridada 10 ta yo‘nalishda sho‘balarga bo‘lingan holda tashkil etildi.

Unda Buxoro shahri, “Navbahor” mahallasi yoshlar yetakchisi Asadbek Nasimov “Kasb-hunarlar tanlovini yuqori saviyada tashkil etgan eng namunali mahalla yetakchisi” yo‘nalishida faxrli 1-o’rinni egalladi.

Shuningdek, Qorako‘l tumani, “Do‘stlik” mahallasi yoshlar yetakchisi Umidjon Ro‘ziyev “Yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etgan eng namunali mahalla yetakchisi” yo‘nalishida faxrli 3-o‘rin sohibi bo‘ldi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version