Buxoro yangiliklari
Yengil atletika bo‘yicha Oʻzbekiston chempionatida buxorolik atlet rekord natija ko‘rsatdi

Joriy yilning 21-24-yanvar kunlari Chirchiq shahrida yengil atletika bo‘yicha U-18 yoshdagilar o‘rtasida Oʻzbekiston chempionati bo’lib o’tdi.
Quvonarlisi, mazkur chempionatda buxorolik atlet Z. Ravshanov 60m. gʻ/o yugurishda 8.12 sek natija bilan Oʻzbekiston rekordini yangiladi.
Avvalgi rekord 8,21 bo‘lib, 1981-yilda koʻrsatilgan edi.