Buxoro yangiliklari

Buxoroda buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiyga ehtirom ko‘rsatildi

Foto: Buxoroisharif.uz

O‘zbek adabiy tilining asoschisi, so‘z mulkining sohibqironi Alisher Navoiyning nafaqat milliy, balki jahon ma’naviy tafakkuri taraqqiyotidagi o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois ham, ulug‘ shoir tavallud sanasi har yili o‘ziga xos bayram sifatida nishonlanadi. Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi tantanalari viloyatimizda xam zo‘r shukuh va tantanalar bilan qarshi olinmoqda.

Joriy yilgi adabiy-ma’rifiy tadbirlar Buxoro davlat universitetida hazrat Navoiy byustiga gul qo‘yish marosimi bilan boshlandi. Marosimda ishtirok etgan viloyat hokimi maslahatchisi A. Rustamov, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Sh. Sulaymonov, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari M. Pardayeva, BDU prorektori D. Yavmutov, navoiyshunos olima N. Bekova va boshqalar Alisher Navoiy badiiyatining o‘ziga jihatlari, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishdagi o‘rni xususida fikr bildirdilar. Shundan so‘ng BDU talabalari tomonidan Navoiy ijodidan namunalar o‘qib eshittirildi.

Navoiyxonlik kechasi universitet yig‘ingohida saxnalashtirilgan badiiy-musiqiy tadbir shaklida davom ettirildi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version