Buxoro yangiliklari
“Amu-Buxoro 2” nasos stansiyasi rekonstruksiya qilinmoqda

Ushbu nasos stansiyasi 1975-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, sekundiga 150 kub metr suvni 54 metr balandlikka ko‘tarib beradi.
Nasos stansiyasi Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) mablag‘lari hisobidan rekonstruksiya va modernizatsiya qilinmoqda.
Qurilish ishlarini Xitoyning “China Nuclear Industry 22nd Construction Co., Ltd” kompaniyasi bajarmoqda.
Loyiha doirasida nasos agregatlari va yordamchi uskunalar yangilandi.
10 ta yangi agregat o‘rnatilgan bo‘lib, har birining quvvati 12,5 MVt ga teng va har biri sekundiga 15 kub metr suv chiqaradi. Ya’ni, 10 agregat sekundiga 150 kub metr suv chiqarish imkoniga ega.