O‘zbekiston
Navro‘z va Ramazon hayiti munosabati bilan Buxoroga ko‘proq poyezd keladi

Navro‘z va Ramazon hayiti munosabati bilan “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha Afrosiyob tezyurar poyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi
Yurtimizda «Navro’z» bayrami hamda Ramazon Hayiti munosabatlari bilan bayram oldi va bayram kunlari yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida yuqori tezlikda harakatlanuvchi 778/777-sonli “Toshkent — Buxoro — Toshkent” yoʻnalishida qatnovchi «Afrosiyob» elektropoyezdi joriy yilning 20, 25, 31-mart va 1-aprel kunlari qo’shimcha qatnovini amalga oshiradi va quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
778-sonli “Toshkent — Buxoro” yo‘nalishi:
Toshkent 06:03 — Buxoro 10:14 da;
777-sonli “Buxoro — Toshkent” yo‘nalishi:
Buxoro 17:55 — Toshkent 22:08 da.