O‘zbekiston
“Euronews” telekanali ijodkorlari Buxoroda

Joriy yilning 13-, 14-aprel kunlari dunyoga mashhur “Euronews” ijodiy guruh vakillarining Buxoro viloyatiga tashrifi tashkil etildi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – Buxoroning turizm salohiyatini xalqaro maydonlarda keng targ‘ib qilish doirasida Buxoro bo‘ylab “Ipak yo‘li sarguzashtlari” haqida turkum ko‘rsatuv tayyorlashdan iborat.
Butun dunyo bo‘ylab keng qamrovli auditoriyaga ega bo‘lgan “Euronews” telekanali ijodkorlari qadimiy Buxoroning turizm salohiyati, tarixi, madaniyati va gastronomiyasini xorijiy tomoshabinlar orasida targ‘ib etish maqsadida, ko‘hna kentning tarixiy va zamonaviy diqqatga sazovor joylari, madaniy meros obyektlari, hunarmandchilik, milliy taomlarimiz va an’analarimiz bilan tanishishdi.
Shu bilan birga, Buxoro viloyatida turizm sohasida amalga oshirilgan islohotlar hamda sayyohlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.