Buxoro yangiliklari

Buxoroda ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan grant tanlovlari o‘tkaziladi

Foto: Buxoroisharif.uz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining Buxoro viloyati bo‘linmasi Buxoro viloyatida ijtimoiy muammolarni hal etishga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etishga qaratilgan grant tanlovlari e’lon qilindi.

Tanlovda ishtirok etish talablari va shartlari bilan “Davlat grantlari ajratishning tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi Nizom” va Fuqarolik jamiyati institutlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha «ngo.gov.uz» yagona elektron platformasidan foydalanish tartibi to’g’risidagi Nizom” da tanishishingiz mumkin.

Tanlov yo‘nalishlari:

👉 Vobkent tumani “Doʻstlik” mahallasi chiqindi muammosini hal etishga koʻmaklashish;
👉Romitan tumani “Xoʻjaubbon” mahallasi aholisini elektr energiya bilan taʼminlashga koʻmaklashish;
👉Kogon tuman “Tuniroq”, Buxoro tumani “Dehcha”, Jondor tumani “Navgadi”, Shofirkon tumani “Jilvon” mahallalaridagi ijtimoiy koʻmakka muhtoj aholini sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish;
👉Gʻijduvon tumani “Zargaron”, Qorovulbozor tumanidagi “Boʻzachi” mahallasidagi ijtimoiy koʻmakka muhtoj oila yashash sharoitini yaxshilashga koʻmaklashish;
👉Buxoro tumani “Bogʻdasht”, Romitan tumani “Bogʻcha” mahallalaridagi aholi bandligini taʼminlashga koʻmaklashish;
👉“Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotining kushandasidir” shiori ostida targʻibot ishlarini olib borish.

Jami tanlov uchun ajratilgan mablag‘ 600 000 000 so‘m.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori 100 000 000 so‘m.

Tanlovda ishtirok etish talablari va shartlari:
— elektron raqamli imzo (ERI) kalit sertifikatini olish.
— id.egov.uz tizimida jismoniy shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda id.egov.uz tizimida akkauntni ERI bilan tasdiqlash.
— ngo.gov.uz tizimida davlat granti tanloviga ariza topshirish.

Arizalar uchun oxirgi muddat: 2025-yil 30-may.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version